VEB-SAYT · STOMATOLOGIYA
Smile Studio
Bemorlar Smile Studio'ni Google'da topadi, ishonch bilan tanlaydi va bir daqiqada qabulga yoziladi.
Toshkentda stomatologiyalar juda ko'p. Ular orasidan ajralib turish oson emas. Smile Studio uchun biz shunday sayt qildikki, mijoz kirgan zahoti klinika yaxshi ekanini ko'radi va shu yerda o'ziga qulay vaqtga yoziladi. Qo'ng'iroq qilib kutish, ish vaqti bo'lishini kutish endi kerak emas. Hammasi saytda, bir necha soniyada.
Nimalar qilindi
- To'liq ikki tilli sayt: o'zbek va rus, har bir so'z ikkala tilda
- Onlayn qabulga yozilish tizimi, klinikaga Telegram orqali zudlik bilan xabar boradi
- Shifokorlar uchun professional portretlarni biz o'zimiz tayyorladik, mijoz faqat bitta oddiy suratini yubordi, qolganini biz qildik, klinikaga fotosessiya kerak bo'lmadi
- Real ko'rinishdagi «oldin/keyin» tasvirlari
- 6 xil xizmat uchun batafsil matnlarni biz o'zimiz yozdik
- Yandex va Google Maps'dan haqiqiy sharhlar saytda ko'rinadi
- Premium dizayn, chiroyli shrift, bir tekis animatsiyalar, hammasini biz qildik
- smilestudio.uz o'z domeni, SSL, tez ochiladi
Sayt ochilganda bemor shunchaki ma'lumot ko'rmaydi, u o'zi tanlagan joyga kelayotganini his qiladi.