AVTOMATLASHTIRISH · TAKSI PARK

Yandex Aist

Haydovchilar endi ofisga bormasdan, uydan chiqmasdan 5 daqiqada ro'yxatdan o'tadi.

Yandex Aist taksi park ro'yxatdan o'tish Telegram boti

Yandex Aist, taksi park. Haydovchilarni ro'yxatga olish uchun ular ofisga kelishi, hujjatlarini qo'lda topshirishi kerak edi. Ko'p haydovchi buni «ertaga qilaman» deb qo'ya berardi. Biz buning o'rniga Telegram bot qildik. Haydovchi botga kirib, hujjat suratlarini yuboradi, va tayyor. Ofisga borish shart emas.

Nimalar qilindi

  • Uch tilda ishlaydigan bot: o'zbek lotin, o'zbek kirill, rus
  • Haydovchi guvohnomasi va tex pasport suratlarini bot orqali yuboradi
  • Ma'lumotlar ikkala menejerga bir vaqtda Telegram orqali keladi, suratlar bilan birga
  • Menejer bitta tugma bilan tasdiqlaydi yoki rad etadi, sababi bilan
  • Har bir haydovchi uchun holat saqlanadi, hech kim yo'qolib qolmaydi

Endi haydovchi qayerda yashashidan qat'i nazar, istalgan vaqtda ro'yxatdan o'ta oladi.